MYORFI

MYORFI (Murphy) Uilyam Parri (1892—1987) — amerikalik vrach va patolog. Oregona unti va Bostondagi Garvard tibbiyot maktabini tugatgan; shu maktabda prof. (1940—50). Ilmiy ishlari qandli diabet va qon kasalliklari, jumladan, anemiyaga bagʻishlangan. Pernitsioz anemiyani davolashda «jigarli parhez»ni kashf qilgan. Nobel mukofoti laureati (1934, J. Maynot va J. Uipl b-n hamkorlikda).