MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK VARAQASI

MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK VARAQASI, kasallik varaqasi (byulleten) — ishchi yoki xizmatchi vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz boʻlganda ishlamay turib nafaqa olish huquqini beradigan hujjat. Davlat su-gʻurtasi (q. Sugʻurta) toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq barcha ishchi va xizmatchilarga kasal boʻlganda, baxtsiz hrdisa yuz berganda, homiladorlikda, tugʻishdan keyin, bemor bola yoki boshqa oila aʼzolarini parvarish qilganda, baʼzan sanatoriy va kurortlarda davolanganda ishlamay turib nafaqa olish huquqini beradi. Dastlab Mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi maʼlum muddatga (6 kungacha) beriladi. Uni ana shu muddatidan ortiq kunga vrachlar konsultatsiya komissiyasi (VKK) uzaytiradi. Homiladorlik va tugʻish boʻyicha Mehnatga qobiliyatsizlik varaqasini ayollar maslahatxonasi yoki tugʻruqxona vrachi beradi, mudsatini ham oʻzi belgilaydi.