METONIMIYA

METONIMIYA (yun. metonymia — qayta nomlash) — obrazli ifoda, ibora; bir soʻzning mazmunan yaqin boʻlgan boshqa soʻz bilan almashinishi (mas, «tomoshabinlar olqishladi» oʻrniga «zal olqishladi»).