MESICH

MESICH Stipe (1934.24.12, Oraxovas) — Xorvatiya davlat arbobi. Zagreb untining huquq f-tini tutatgan (1961). 1971-y. dan «Xorvatiya bahori» harakati ishtirokchisi. 1990-y. dan Xorvatiya demokratik ittifoki kotibi va Xorvatiya Respublikasi birinchi hukumatining bosh vaziri. 1991-y. 5 dek. dan Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi prezidiumi aʼzosi, 1992-y. dan Xorvatiya demokratik ittifoqi partiyasi ijroiya qoʻmitasi raisi, Xorvatiya milliy parlamenti prezidenta. 1994-y. Xorvatiya demokratik ittifoqi partiyasi bilan aloqani uzib, Xorvatiya mustaqil demokratlar partiyasini tuzgan. 1997-y. Xorvatiya mustaqil demokratlar partiyasining bir qismi bilan Xorvatiya milliy partiyasi asoschilaridan va uning bajaruvchi prezidenti oʻrinbosari. 2000-y. 7 fev. dan Xorvatiya Respublikasi prezidenti.