MENTOL

MENTOL, 3-l-mentanol, S10N20O — yalpiz hidli, taxir mazali rangsiz kristall. Mol. m. 156, 26. 4 ta izomeri bor. Spirt, efir, xlorofrom, benzol, skipidar, sirka kislotada yaxshi, suvda yomon eriydi. Mentol kimyoviy reaksiyaga faol kirishadi. Sanoatda choʻl yalpizi moyidan olinadi. Sintetik yoʻl bilan xam olish mumkin. Oziq-ovqat sanoatida likyor, konfet i. ch. da, atir-upa, tish yuvish vositalari tayyorlashda, farmatsevtikada validol va bormentol olishda ishlatiladi.