MENZULA

MENZULA (lot. mensula — stolcha) — joyning topografiya plani va xaritasini grafik usulda olish uchun dala sharoitida qoʻllaniladigan chizmachilik stolchasi. Menzula toʻrtburchak shaklli taxtaplanshetdan, taglik hamda shtativ (3 oyoq) dan iborat (rayem). Azimut boʻyicha oriyentirlash uchun planshetni oyoq 3 ning vertikal oʻqi atrofida 360° ga burish mumkin. Planga olish natijasini birdaniga shartli belgilar bilan chizib tasvirlab borish uchun Menzula taxta planshetiga sifatli chizmachilik qogʻozi (vatman) mahkamlanadi. Unga kipregel yordamida joyning plani chiziladi. Bu plandan xarita (ayniqsa, harbiy xarita) tuzishda ham foydalaniladi. Menzula va kipregel bilan bajariladigan topografik syomka menzula syomkasi deyiladi.