MENAM-CHAO-PRAYA

MENAM-CHAO-PRAYA, Menam, Chaupxraya — Hindiston ya. o. dagi dare, Tailandsa eng katta. Uz. 1200 km (eng katta irmogʻi — Ping daryosi bilan 1500 km), havzasining mayd. 150 ming km2. Irmoklari mamlakat shim. dagi Kxuntxan tizmasidan boshlanadi. Menam payettekisligidan oʻtib, Jan. Xitoy dengizining Siyom qoʻltigʻiga delta hosil qilib quyiladi. Musson yomgʻirlaridan suv oladi. Yoz oylarida toʻlib oqadi. Quyi oqimida oʻrtacha suv sarfi 2700 m3/ sek. Daryodan sugʻorishda, yuqori qismida yogʻoch oqizishda foydalaniladi. Quyilish joyidan 400 km, suvi koʻpayganda 700 km masofada (Uttaradit sh. gacha) kema qatnaydi. Baliq ovlanadi. Menam-chao-praya deltasida Bangkok va Ayut-txaya sh. lari joylashgan.