MELXIOR

MELXIOR (frans. ixtirochilari Mayo va Shorye nomidan) — misning nikel, temir va marganes bilan krtishmasi. Misnikel qotishmalar jumlasiga kiradi (q. Mis qotiishalari). Mexanik xossalari yuqori, oddiy va dengiz suvida korroziyabardosh, issiklik va elektrni yaxshi oʻtkazadi, sovuklay-in va issikdayin mexanik ishlov berish oson. Melxiordan qoshiqlar, idishtovoqlar, tibbiyot asbob-uskunalari, aniq mexanika detallari, tangalar, kondensator trubalari va b. tayyorlanadi.