MEZROB

MEZROB, mizrob (arab. — urish quroli) — musiqada torli sozlarni chertib yoki tirnab chalishda qoʻllaniladigan maxsus moslamalar nomi. Mezrob turli shakllarda (odatda, uchi ingichkalashgan, oʻtkir) boʻlib, yogʻoch, qattiq teri, suyak, hayvon shoxi, metall, soʻnggi davrda plastmassalardan yasaladi. Oʻzbek va tojik tanburchilari barmoq uchiga kiyiladigan noxukdan, uygʻur tanburchilari poʻlat simdan foydalanishadi. Oʻtmishda sozandalar tanburni oʻng qoʻl koʻrsatkich barmogʻining oʻstirilgan tirnogʻi yordamida ham chertishgani maʼlum. Mezrob li cholgʻulardan ud, qonun, rubob, tor, soz, mandolina, gitara va b. da qoʻllaniladigan moslamalar hozirda mediator, plektr deb ham yuritiladi. Mezrob soʻzi baʼzan maqom nomlariga qoʻshilib, tanbur (yoki boshqa ayrim sozlar)ni ana shu maqomga moslab sozlanishini ham bildiradi. Mac, M. i Rost, Mezrobi Navo va h. k.