MEZOSFERA (mezo… yun. sphaira — shar) — stratosfera ustida joylashgan, qalinligi 50 km dan 80 — 85 km gacha balandlikdagi atmosfera qatlami. Mezosferadan yukrrida ionosfera boshlanadi. Mezosferaning quyi qismidagi t-ra 0° atrofida boʻlsa, yuqori qismida 90° gacha yetadi (q. Atmosfera).