MEDEO

MEDEO — yirik xalqaro sport majmui. Qozogʻistonning Orqa Ili Olatovida, Olmaota yaqinida, dengiz sat-hidan 1691 m balandlikda joylashgan. 1951 i. ochilgan. 1970—72 y. larda taʼmirlangan. Sunʼiy yaxmalak bilan qoplanadigan mayd. 10,5 ming kv. m; 12,5 ming oʻrinli stadioni bor. Konkida yugurish, figurali uchish, koptokli xokkey boʻyicha mashgʻulotlar va musobaqalar oʻtkaziladi.