MEGRELLAR

MEGRELLAR, mingrellar — oʻtmishda Gʻarbiy Gruziyaning Megreliya tarixiy viloyatida, Kds. Kolxidaning markaziy va togʻ oldi tumanlari, Rioni daryosining oʻng qirgʻogʻidagi tumanlar, Xobi, Inguri va b. daryolarning havzalari, Abxaziya va Gruziyaning boshqa viloyatlarida toʻp guruh boʻlib yashagan gruzinlar. M. gruzin va megrel tillarida soʻzlashadi. (q. Kartvelʼ tillari). Qadimda megreliyalik gruzin qabilalari kartlar, svanlar va b. kabilalar bilan birgalikda gruzin xalqining shakllanishiga asos boʻlgan. Megrellarning ayrim madaniy va maishiy turmush xususiyatlari yaqin vaqtlargacha saqlangan edi.