MAHR — nikoh vaqtida kuyov tomonidan kelinga ajratiladigan doimiy va shaxsiy mulk. Bu nikoh shartnomasi tuzilayotgan vaqtda kuyovning kelinga Mahr toʻlash majburiyatidir. Mahr miqdori kuyovning ijtimoiy ahvoli va uning oilasi roziligiga bogʻliq boʻlgan va nikoh shartnomasi tuzilayotgan vaqtda ikki tomon roziligi bilan belgilangan. Shu bilan birga Mahr kelinning shaxsiy mulki hisoblangan. Odatda, Mahr 2 kiyemga boʻlingan:
1) eri vafot etgan holatda merosning tarkibidagi koʻchmas mulk hisoblangan;
2) beva ayol meros boʻlinmasdan oldin Mahrni boʻlib olinishiga yoʻl qoʻymaslik huquqiga ega boʻlgan. Mahr er vafot etgan holatlarda yoki ular asossiz ajralishgan vaqtda qaysidir darajada ayolga moddiy yordam boʻlib xizmat qilgan. Odatda Mahr uchun bir uy, bir ayvon, unga barobar sahn bilan hovli, sogʻin sigir va b. berilar edi. Mahr imom huzurida ikki erkak guvohligida eʼlon qilingach, nikoh oʻqilgan. Mahr berish odati Qurʼon asosida shari-atda qonunlashtirilgan.
Baʼzi bir mutaxassislar «maxr» va «qalin» soʻzlariga bir xil maʼnodagi atama sifatida qarashadi. Ammo, qalindan Mahrning farqi shundaki, qalin bu kelinning ota-onasi yoki qarindoshlariga toʻlanadigan toʻlovdir. Kelinga Mahr toʻlash majburiyati musulmon xalqlarida maʼlum darajada saqlanib qolmoqda.