MACHTA

MACHTA (gollandcha angra mast — tik) — antennalar, signalizatsiya va aloqa asboblari (kurilmalari), projektorlar, yelkanlar, kuzatish maydonchalarini mahkamlash, simlarni tortish uchun moʻljallangan tik (vertikal) inshoot. Machtaning metall (trubalar va burchakliklardan yasalgan), yogʻoch va temir-betonli xillari bor. Maxsus qurilmalar (ankerlar)ga mahkamlangan poʻlat tortqilar Machtani tik ushlab turadi. Kemalarda (kema tumshugidan keyin keladigan Machta — fokmachta, ikkinchisi — grotmachta, kema oxiriga yaqin Machta — bizanmachta), muqim (statsionar) kutarish kranlarida, elektr uzatish liniyalari va radioantennalarda, kontakt tarmoqlar va aloqa inshootlarida qoʻllaniladi.