MATLUBOT KOOPERATSIYASI — aʼzolarning pay toʻloviga asoslangan, isteʼmol mollarni sotib olish, i. ch. va sotish uchun tuzilgan uyushma. Dastlabki Matlubot kooperatsiyasi lari 18-a. ning oxiri — 19-a. boshlarida Buyuk Britaniyada vujudga keldi va keyinchalik Fransiya, Germaniya, Italiyada va Yevropaning b. mamlakatlarida keng tarqaldi. Hoz. vaqtda Matlubot kooperatsiyasilari Osiyeʻning baʼzi mamlakatlarida (Yaponiya, Hindiston, Myanma, Shri Lanka, Bangladesh va b.), Amerika, Kanada, Argentina, Braziliya, Chili, Meksika va Avstraliyada rivojlangan. 20-a. ning 70-y. larida Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Shveysariya mamlakatlarining umumiy tovar aylanmasida Matlubot kooperatsiyasilari ulushi 8—11%ni, Finlyandiyada 36%ni tashkil etdi.
Matlubot kooperatsiyasi Oʻzbekiston hududiga chor Rossiyasi mustamlakachilari bilan kirib kelgan. Dastlab kasbkorlik asosida shakllanib, ishchilar va ofitserlar Matlubot kooperatsiyasi paydo boʻlgan. 20-a. ning 20-y. laridan boshlab aholi taʼminotida katta oʻrin egalladi. Matlubot kooperatsiyasi oziq-ovqat, kiy-im-kechaklar sotib olish va sotish bilan chegaralanmay q. x. mahsulotlarini tay-yorlash, isteʼmol mahsulotlari i. ch. asosida ham matlubotchilarni birlashtirdi.
Matlubot kooperatsiyasining respublika tashkiloti — «Oʻzbekiston matlubot jamiyatlari ittifoqi» («Oʻzbekbirlashuv») 1925-y. yanv. da ishchi, qishloq, shahar kooperativlari va harbiy kooperativlarni birlashtirgan 26 matlubot jamiyatlari negizida tashkil etilgan. Respublikada Matlubot kooperatsiyasi tizimi — «Oʻzbekbirlashuv» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar «Matlubotsavdo» aksiyadorlik kompaniyalari faoliyat koʻrsatadi. Jami 592 aksiyadorlik jamiyatlarini birlashtiradi, 80 mingdan ortiq ishchi-xizmatchilar savdo, umumiy ovqatlanish, i. ch., qurilish, boʻrdoqichilik va parrandachilik, q. x. mahsulotlarini tayyorlash, tashqi iqtisodiy aloqalar va b. sohalarda faoliyat koʻrsatadi (2003).
Muxtor Rasulov.
MATH, tekst — 1) yozilgan yoki bosilgan asar, nutq (shuningdek, ularning biror parchasi);
2) kitob, gazeta, jurnal va sh. k. da rayem, jadval b. bezaklardan tashqari qismi; rasmiy hujjat va sh. k. ning ulardagi turli koʻrsatkich (sharh, izoh)lardan ajralib turgan qismi;
3) musiqa asarlari (opera, romans va b.)ga yozilgan soʻzlar.