MATERIK MUZLIGI

MATERIK MUZLIGI — quruqlik yuzasidagi muzlik turlaridan biri. Yer yuzasini yaxlit muz qalqoni hosil qilib qoplab yotadi. Qalinligi bir necha km (4 km gacha), maydoni milli-onlab km ga yetadi. Asosan, qutbiy oʻlkalarda tarqalgan (Antarktida, Grenlandiya o., Islandiya va b.). M. m. asta-sekin siljib borib, chekka qismi dengizlarga sinib tushadi va aysberg (suzib yuruvchi muz togʻlari) hosil qiladi.