MASTIT (hayvonlarda) — sigir va echkilar tuqqanidan keyingi davrda sut bezlarining yalligʻlanishi. Mexanik (lat yeyish va jarohatlanish, mashinada sut sogʻish qoidalarining buzilishi), termik (sovuk, urishi, kuyish) omillar, kimyoviy moddalar taʼsirida, mikroorganizmlar (stafilokokklar va b.), mikoz kasalliklarda, yoʻldosh ushlanib qolganda, hazm organlari, buyrak faoliyati buzilganda Mastit paydo boʻladi. Mastit yalligʻlanishning xarakteriga koʻra: seroz, kataral, fibrinoz, yiringli va gemorragik Mastit larga boʻlinadi. Kasallik oʻtkir, oʻrtacha va surunkali kechadi. Bundan tashqari, klinik Mastit va yashirin Mastit larga ajratiladi. Seroz yoki kataral Mastitda tana harorati 39—39,5°gacha koʻtariladi, hayvon holsizlanadi, yelin shishadi, qattiqlashadi, ogʻriydi, sut kamayadi, ivib qoladi, unga kon va yiring aralashgan boʻladi.
Davolash: ratsiondagi shirali ozuqalar kamaytiriladi: issiq, ionoforez, massaj qilinadi; yalligʻlanishga qarshi va yumshatadigan dorilar beriladi; bachadon, ichak, yurak, buyrak va b. davolanadi. Kasallangan hayvon suti antibiotiklar bilan davolash davrida va davolashdan soʻng 3—5 kun davomida oziq-ovqat uchun ishlatilmaydi.
Oldini olish: hazm qilish organlari kasalliklariga yoʻl qoʻymaslik, mashinada sut sogʻish texnologiyasi kridalariga rioya etish; yelin uchlari yorilganda oʻz vaqtida davolash, chor-vachilik binolarida yelvizakka yoʻl qoʻymaslik.
Hoshim Nurmamatov.