MASATOSI

MASATOSI Kosiba (1926) – yapon fizik olimi. Tokio unti prof. Quyosh zarralarini tutadigan qurilma yaratgan. Bu qurilmadagi fotosensorlar suvdan neytrino oʻtganda mikrochaqnashlarni qayd qilgan. 1987-y. da Somon yoʻli galaktikasining nurlanish energiyasi Yerga yetib kelganda Masatosi qurilmasida «neytrino portlashi» kuzatilgan. Nobel mukofoti laureata (2002).

Bir-biridan mustaqil tarzda xuddi shunday kashfiyot uchun amerikalik fizik olimlar Reymond Devis (1915) va Rikardo Jakkoni (1931) lar ham Nobel mukofotiga sazovor boʻldilar (2002).