MARSEL — Fransiyaning jan.sharqiy qismidagi shahar. Oʻrta dengizning Lion qoʻltigʻi sohilida, Rona daryosi etagida. Bush-dyu-Ron departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 807 ming kishi (1999). Kattaligi va ahamiyati jihatidan mamlakatda Parijdan key-in 2-oʻrinda. Marsel — mamlakatning eng yirik porti (yuk ortib-tushirish 90 mln. t dan ziyod). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni.
Shaxarga mil. av. 6-a. da yunonlarning Massaliya koloniyasi sifatida asos solingan. Mil. av. 1-a. darimliklar egallagan. Mil. av. 6-a. dan Franklar davlati, 11-a. dan Provans grafligi, 1481-y. dan Fransiya qirolligi tarkibida. Marsel — mamlakatning muhim sanoat markazi. Neftni kayta ishlash, neft kimyosi, kimyo, mashinasozlik (jumladan, kemasozlik, samolyotsozlik) sa-noatlari rivojlangan. Oziq-ovqat, qurilish materiallari i. ch. korxonalari mavjud. Marseldan Strasbur va Karlsrue sh. lariga neft quvurlari oʻtkazilgan. Metropoliten qurilgan. Fanlar va sanʼat akademiyasi, 2 un-t, konservatoriya, arxeologiya, nafis sanʼat va b. muzeylar, akvarium, botanika va hayvonot bogʻlari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan Rim qalʼasi qoldiqlari, Sen-Viktor cherkovi (11 — 15-a. lar), La-Major sobori (12-a.), ratusha, bazilika (1864) va b. saqlangan. Turizmning yirik markazi.