MARIYA I TYUDOR

MARIYA I TYUDOR (Mary I Tudor) (1516.18.2, Grinvich — 1558.17.11, London) — Angliya qirolichasi (1553-y. dan). Katolitsizmni qayta tiklab, Reformatsiya tarafdorlarini ayovsiz taʼqib qilgan (laqablari — Mariya Katolichka, Mariya Qonxoʻr). Papalik va katoliklar Ispaniyasi bilan yaqin munosabat oʻrnatgan; 1554-y. boʻlajak ispan qiroli Filipp II ga turmushga chiqqan.