MAR-DEL-PLATA

MAR-DEL-PLATA — Argentinaning sharqiy qismidagi shahar. Buenos-Ayres provinsiyasida. Aholisi 541,8 ming kishidan ziyod (2001). T. y. va shosse yoʻl orqali Buenos-Ayres sh. bilan bogʻlangan. Atlantika okeani sohilidagi port, mamlakatning harbiy dengiz floti bazasi. Oziq-ovqat (jumladan, baliq konservalash), poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Baliq ovlash markazi. Jan. Amerikaning eng yirik dengiz boʻyi kurortlaridan biri. Shaharga 1874-y. da asos solingan. Muzey, un-t bor. Turizm rivojlangan. Xalqaro shaxmat turnirlari oʻtkaziladi.