MANSUROV Mixail Filippovich

MANSUROV Mixail Filippovich [1916.15(28) 10, Chelyabinsk viloyati Plast sh. — 1993.24.12, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti. 1937—51 y. lar Sverdlovsk, Odessa, Irkutsk teatrlarida, 1951—93 y. lar Oʻzbekiston akademik rus drama teatrida ishlagan. Aktyor qahramononaromantik ruxdagi, xarakterli rollar ustasi sifatida tanilgan. Uning ijrosi iliq samimiyati, obrazlarni kuchli, yorqin va ishonarli yaratish mahorati bilan ajralib turadi. Romeo («Romeo va Julyetta»), Trofimov («Olchazor»), Dehqonboy («Shohi soʻzana»), Rustam («Paranji sirlari»), Yakov Bogomolov («Yakov Bogomolov»), Trigorin («Chayka»), Markiz de Poza («Don Karlos»), Luka («Tubanlikda»), Salohitdin («Sharq tongi») kabi rollari bilan shuhrat qozongan.