MALHAM

MALHAM — sirtdan qoʻllanadigan dori shakli. Mazlarga qaraganda qattiqroq, badan haroratida yumshab teriga yopishadi. U baʼzan suyuq boʻladi. Malhamlar (qoʻrgʻoshinli malham, ley-koplastir, garmdorili plastir, bakteritsid qogʻozlar va b.) teri yuzasidagi bogʻlovlarni mahkam tutish, terini tashqi taʼsirlardan saqlash va davolashda ishlatiladi.