MALDIVLAR

MALDIVLAR (oʻzlarini — divexi deb ataydilar) — Maldiv Respublikasining asosiy aholisi (220 ming kishi, 1990-y. lar oʻrtalari). Shuningdek, Hindistonda x. am (5 ming kishi) yashaydi. Hind-eron til guruhiga mansub maldiv tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmon.