MALINKE

MALINKE, maninka — Gʻarbiy Afrikada tarqalgan mande tillaridan biri, bamana va diula tillari bilan birgalikda mandingo til birligini tashkil etadi. Senegal, Gvineyada, qisman Mali, Liberiya, Syerra-Leoneda tarqalgan; unda 4 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi. Anchagina laxjalari bor: konya, koranko, manya, mau sinya va b. M. da unlilar tizimi rivojlangan: ochiq, choʻziq va burun fonemalar; bu uch belgi-xususiyat bir fonemaning oʻzidan namoyon boʻla oladi. Morfologiyasi yaxshi rivojlanmagan analitik til boʻlganligi sababli, Malinkeda sintaktik vositalar, xususan, gapda qatiy belgilangan soʻz tartibi, koʻmakchilarning alohida oʻrni katta ahamiyatga ega.