MALIKRABOT

MALIKRABOT — Navoiy vshyuyatidagi shaharcha. Navoiy tumaninnt markazi (1999-y. 27-maydan). Viloyat markazi Navoiydan 20 km jan. garbda, Zarafshon daryosining chap sohilida. Toshkent — Buxoro — Urganch avtomobil yoʻlining oʻng tomonida, 475 m balandlikda. Aholisi 7500 kishidan ziyod (2003). Asosan oʻzbeklar; shuningdek, tojik, tatar, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholisining aksariyat qismi Navoiy sh. dagi sanoat korxonalarida ishlaydi. M. Buyuk Ipak yuli ustida joylashgan qad. aholi maskanlaridan biri. 10—16a. larda u yirik qasaba. Bobur va Ubaydullaxon oʻrtasida 1512-y. 28 apr. da boʻlib oʻtgan Koʻli Malik jangi M. yonida boʻlgan. Shaharchada Navoiy konchilik metallurgiya k-tiga qarashli «Doʻstlik» agrofirmasi, «Sardobaparranda» f-kasi, Buyuk Britaniya va Oʻzbekistonning «Massey Fergusson» qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Malikrabot yonida Navoiy sh. ning aeroporti joylashgan. Shaharchada tuman hokimiyati binosi, 2 umumiy taʼlim maktabi (1442 oʻquvchi), tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, klub, madaniyat va istirohat bogi, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalaribor. Malikrabotda tarixiy-meʼmoriy yodgorliklardan Raboti Malik (11-a.) va Sardoba saqlanib qolgan.