MALAKKA SULTONLIGI

MALAKKA SULTONLIGI — Jan Sharkiy Osiyodagi malayyalar daaaati (1402/03—1511). Markazi — Malakka. Ravnaq topgan davrida (15-a. ning 2-yarmi) uning tarkibida Malakka ya. o., Riau, Linga arxipelaglari, Sumatraning sharqiy qirgʻogʻi kirgan. Asoschisi — Majapaxit shahzodasi Parames-vara. 1424—45 y. larda Malakka sultonligida hinduizm va islom tarafdorlari oʻrtasida liniy nizolar sodir boʻlgan. 1445-y. bu kurashda islom tarafdorlari gʻolib chiqqan va taxtni roja Kosim egallagan; u Muzaffarshoh 1 nomi b-n Malakkaning 1 sultoni boʻlgan. Shu davrdan eʼtiboran Malakka sultonligi dagi hokimiyat eski malayya-yapon zodagonlari qoʻlidan musulmon savdogarlari bilan ittifoq boʻlgan yangi mulkdorlar qoʻliga oʻtgan. Malakka sultonligi kuchli markazlashgan davlat boʻlgan. Savdo, ayniqsa, tashqi savdo juda katta rol oʻynagan. Hindiston, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari Malakka porti orqali Xitoydan ipak, Malayya arxipelagidan ziravorlar tashigan. Malakka sultonligidan qoʻshni davlatlarga qalay chiqarilgan. . M. s. Jan.-Sharqiy Osiyoda islom dinini tarqatishning markazi boʻlgan. Malakka sultonligi mavjud boʻlgan davri — malayya madaniyatining ravnaq topgan davri hisoblanadi. Malayya tili — Jan.-Sharqiy Osiyoning kundalik tiliga aylangan.

Malakka sultonligi dagi oʻzaro ichki nizolardan foydalangan portugaliyalik mustamlakachilar 1511-y. dʻAlbukerki qoʻmondonligida Malakka sultonligini tugatgan.