MALAGASILAR

MALAGASILAR (malgashlar) — xalq. Madagaskarning asosiy aholisi. 12,79 mln. kishi (1990y. lar oʻrtalari). Ozgina qismi Reyunyonda, Seyshel va Komor o. larida yashaydi. Malagasi tilida soʻzlashadi. Koʻpchiligi anʼanaviy diniy eʼtiqodlarga sigʻinishadi. Xristian va sunniy musulmonlar ham bor.