MAKET

MAKET (ital. macchietta — xomaki loyiha) — 1) meʼmorlikda loyihalanayotgan yoki mavjud inshoot, ansambl, meʼmoriy majmuaning kichraytirilgan hajmda tayyorlangan nus-xasi. Maketlar gips, yogʻoch, plastmassa, karton kabi mahsulotlardan asl koʻrinishiga oʻxshatib tayyorlanadi. Maket meʼmorlik loyihalarini tekshirish, takomillashtirishga xizmat qiladi, shuningdek, meʼmoriy muzeylar koʻrgazmasining asosiy muhim qismi hisoblanadi;

2) poligrafiya da matn grankalari va rasmlar nusxasi yopishtirilgan, boʻlgʻusi nashr bichimidagi qogʻoz varakdari; unga sahifalashga doyr texnik koʻrsatmalar ilova qilingan boʻladi;

3) nashrning badiiy bezaladigan eskiz loyihasi.