MAKAROV Pavel Leontyevich (1949.30.5, Toshkent) — dirijyor, kompozitor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1991), polkovnik (1992). Moskva konservatoriyasining harbiy dirijyorlik f-tini tugatgan (1977). 1987-y. dan Turkiston harbiy okrugi, soʻngra OʻzR Mudofaa vazirligi Harbiy orkestrlar xizmati boshligi, Alohida namunali-koʻrgazmali xarbiy orkestrning badiiy rahbari va bogi dirijyor. Uning rahbarligidagi orkestr turli rasmiy tadbirlarda katnashadi, shuningdek, Oʻzbekistonda va xorijiy mamlakatlar (Afgoniston, AQSH va b.)da gastrolda boʻlgan. Repertuaridan harbiy marosim kuylar bilan birga Oʻzbekiston kompozitorlari asarlari (S. Yudakovning «Jonajon Oʻzbekiston», D. Zokirovning «Bayramona marsh», M. Tojiyevning «Bayramona uvertyura» va b.), mumtoz simfonik musiqa namunalari (P. Chaykovskiy, R. Vagner va b.), jaz musiqasi (G. Miller, U. Xendi va b.) asarlari urin olgan. Harbiy orkestr uchun koʻpgina marsh (shu jumladan, Oʻz R Qurolli Kuchlarining rasmiy musiqiy ramzi boʻlgan «Qurolli Kuchlar marshi», shuningdek, «Amir Temur marshi», «Gvardiyachilar marshi», «Vatan» va b.) va qushiqlar («Oʻzbekiston lochinlarimiz». «Harbiylar qoʻshigi» va b.) yaratgan.