MAZARINI

MAZARINI (ital. Mazarini, frans. Mazarin) Julio (1602.14.7, Peshina — 1661.9.3) — Fransiya davlat arbobi. M. Keraskoda (1631) tinchlik sulhini tuzishda va Parijda papa elchisi boʻlgan vaqtda (1634—36) Rishelyenit eʼtiborini tortgan va uning ishonchli kishisiga aylangan. 1640-y. M. fransuz diplomatik xizmatiga oʻtgan. 1641-y. dan — kardinal. 1643-y. da qirolicha Anna Avstriyskaya (M. bilan yashirin nikohsan oʻtgan) tomonidan 1-vazir etib tayinlangan. Mazarini ogʻir vaziyatda fransuz absolyutizmi (mutlaq hokimiyati)ni mustahkamlash siyosatini davom ettirgan; xalq qoʻzgʻolonlarini shafqatsizlarcha bostirgan; Fronda bilan boʻlgan kurashni boshqargan (1648). Mazarini 1651—52 y. larda Fransiyadan ketishga majbur boʻlgan. Fronda yengilganidan keyin 1653-y. da qaytib kelgan va umrining oxirigacha hokimiyatni boshqargan. Tashqi siyosatda koʻp yutukdarga erishgan [Vestfaliya suщi, 1648); Angliya bilan tinchlik va savdo shart-nomalari (1655) hamda harbiy ittifoq, 1657; Pirenei sulhi, 1659 va b]. M. ning bu yutuklari Fransiyaning Yevropadagi siyosiy obroʻyini mustahkamlashda muhim oʻrin tutgan.