MAYOQ

MAYOQ — suzib ketayotgan kemalar uchun moʻljal olishga imkon beradigan minora koʻrinishidagi navigatsiya inshooti. Uzoqdan koʻrinib turishi uchun minoraning yuqori qismi yorugʻlik signalizatsiyasi bilan taʼminlanadi. Mayoq qadimdan maʼlum. Mil. avval 283-y. Misr porti Iskandariya yaqinida kurilgan Faros mayogʻi «dunyoning yetti moʻjizasi»dan biri hisoblangan (u 1500 yil xizmat qilgan). Qadimda bu maqsadda sham va chiroqlardan foydalanishgan. Elektr toki paydo boʻlganidan keyin elektr yoritqichlardan foydalaniladigan boʻldi. Hozir elektr lampali kuchli optik apparatlar, lazerlar ishlatiladi. Bular tunda Mayoq larning kamida 15 dengiz mili (taxm. 28 km) dan koʻrinib turishini taʼminlaydi. Mayoqning qirgʻoqqa quriladigan, dengizning oʻzida tabiiy yoki sunʼiy asos ustiga kuriladigan va suzuvchi (M. aggparaturalari oʻrnatilgan kemalar yoki dengizning muayyan joyiga yakor tashlab qoʻyiladigan) xillari boʻladi. Elektr va lazer M. dan tashqari, signalizatsiyaning boshqa turlari ham bor, mas, akustik (nautofon, sirenalar va b.), radiotexnik (q. Radiomayoq), suv osti (ossillyator, qoʻngʻiroqlar va b.) – Vazifasiga karab, Mayoqlar yoʻl koʻrsatuvchi, qabul qiluvchi (portga yaqinlashganda), ogohlantiruvchi, burilishni koʻrsatuvchi va tavaqali xillarga boʻlinadi. Yorugʻlik, radiotexnik va tovush apparaturali avtomat universal Mayoqlar xam bor (rayem).