MADURAY

MADURAY, Madura — Hindistonning jan. qismidagi shahar. Vaygay da-ryosi boʻyida, Tamilnad shtatida. Aholisi 1,2 mln. kishi (2001). T. y. tuguni. Mamlakatning muhim savdo va yirik toʻqimachilik (ip gazlama, ipak gazlama) sanoati markazlaridan. Hunarmandchilikda qoʻlda gazlama toʻqiladi, jez buyumlari yasaladi. Qadimdan yogʻoch oʻymakorligi bilan mashhur.

Maduray — qad. shahar. 2-a. dan Hindiston jan. dagi turli davlat va sultonliklarning poytaxti boʻlib kelgan. Oʻrta asrlarda Madurayda savdo-sotiq ishlari, hunarmandchilik juda rivojlangan, koʻplab meʼmoriy inshootlar qurilgan. Shahar 17—18-a. larda iklisodiy inqirozga uchragan va xarob ahvolga kelgan. 20-a. dan Maduray yana rivojlana boshladi. Meʼmoriy yodgorliklaridan Shiva ibodatxonasining ulkan majmuasi (12 — 17-a. lar) bor. Uning «Ming ustunli zal»i, qalʼa devorlari, minoralari, «Oltin nilufar hovuzi» va b. qismlari hamda Tirumanalanayka saroyi (17-a.) saqlangan.