MADRID

MADRID — Ispaniya poytaxti, Madrid provinsiyasining va Yangi Kastiliya tarixiy viloyatining bosh shahri. Mamlakatning asosiy siyosiy, iktisodiy va madaniy markazi. Mansanares daryosi (Taxo havzasi) boʻyida, Meseta platosida, 650 m balandlikda joylashgan. Iklimi quruq subtropik iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 4,9°, iyulniki 24,2°. Yillik yogʻin 420 mm. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Ahrlisi 2,8 mln. kishi (1998).

Madrid ilk bor qoʻlyozmalarda 932-y. da qayd etilgan. Madrid oʻrnida Yu-a. aa mavr-ush/ jing Majirit nomli qalʼasi boʻlgan. 1083-y. da arablardan ozod etilgan va 1118-y. dan erkin shahar huquqi berilgan. 14—15-a. larda Kastiliya qirollari qarorgohi. 1561-y. dan Ispaniyaning rasmiy poytaxti.

Madrid va uning atrofidagi korxonalar mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotning 1/10 qismini beradi. Shahar sanoatining yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik (avtomobilsozlik, samolyotsozlik, lokomotivsozlik), elektrotexnika (optika priborlari, radiotexnika va telefon jihozlari, q. x. qurollari i. ch.). Kime (jumladan, plastmassa i. ch.), qurilish materiallari, poligrafiya, kimyo-farmatsevtika, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, farfor-fayans va b. sa-noat korxonalari bor. Badiiy xunarmandchilik (kashta tikish, toʻr toʻqish, zargarlik buyumlari tayyorlash va b.) rivojlangan. Madridda yirik korxonalar boshqarmasi, banklar, sugʻurta kompaniyalari, savdo firmalari va birjalar joylashgan. Madrid — xalqaro turizm markazlaridan. Untlar, Mariya Kristina qirollik kollegiumi, konservatoriya, sanʼatshunoslik va b. oʻquv mu-assasalari, Qirollik akademiyasi, i. t. institutlari, astronomiya rasadxonasi, botanika bogʻi, kutubxonalar, Prado muzeyi, Milliy arxeologiya, sanʼat va b. muzeylar bor. Metropoliten qurilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan yepiskop ka-pellasi (1520), Pla sa Mayor ansambli (1619), Kirol saroyi (1738— 64), cherkovlar, ratusha (17—18-a. lar) va b. saqlangan.