MADRIGAL

MADRIGAL (lot. matricale — ona tilida aytiladigan qoʻshiq) — Uygʻonish davrida dunyoviy vokal musiqaning asosiy janri. Italiya (14-a.) da sheʼriy asar sifatida paydo boʻlgan. 14 — 16-a. larda Madrigal, odatda, ishqiy, hazil-mutoyiba, afsonaviy va b. mavzudagi 2—3 ovozli vokal-cholgʻu, bandnaqorat shaklidagi qoʻshiq boʻlib (F. Landino va b.), 16-a. dan koʻproq lirik xarakterdagi cholgʻular joʻrligisiz ijro etiladigan 4—5 ovozli polifonik musiqa asariga aylangan (A. Villart, Palestrina, O. Lasso va b.). Keyinchalik Angliya (T. Morli, J. Uilbi) va Germaniya (G. Shyus va b.)da ommalashgan. Yetuk namunalariga (K. Jezualdo, K. Monteverdi) hissiy-ifoda erkinligi, boy musiqiytasviriy vositalar, xilma-xil ohanglar yorqinligi xosdir. 17-a. dan boshlab, Madrigal, asosan, ayollarga bagʻishlangan kichik maqtovsheʼriy asar. 1964-y. Moskvada «Madrigal» ansambli tashkil etilgan (Oʻzbekistonda ham gastrolda boʻlgan), Buyuk Britaniyada «Madrigal jamiyati» tuzilgan. 20-a. da I. Stravinskiy, B. Martinu, P. Xindemit va b. kompozitorlarning asarlarida Madrigal anʼanalari tiklangan.