MADLEN MADANIYATI

MADLEN MADANIYATI (arxeolo giyada) — Yevropadagi soʻnggi paleolit davri (mil. av. taxm. 15—8 mingyilliklar) madaniyati. Fransiyadagi La-Madlen (La Madeleine) gʻori nomi b-n atalgan. Tosh keskichlar, suyak va shoxdan yasalgan mehnat qurollari, gʻor devorlariga solingan suratlar, suyak oʻymakorligi va b. Xoʻjaligi — ovchilik, baliqchilik.