MADINAT AZZAHRA SAROY MAJMUASI

MADINAT AZZAHRA SAROY MAJMUASI — Kordova (Ispaniya) dagi meʼmoriy yodgorlik (10-a.). Shahar tashqarisida. Kordova sh. dan 5 km shim.gʻarbda Syerra-Morena yon bagʻriga kurilgan (936). Qurilishda 1000 ga yaqin ishchi qatnashgan, davlat xazinasining uchdan bir qismi sarf qilingan. Tar-hi 1500×750 m, togʻ yon bagʻrida 3 pogʻonali qilib koʻtarilgan. Yuqorida shim. dan qalʼa devori bilan tutash. Saroy, masjid, bogʻ va xizmatchilar uyidan iborat. Saroyning qabulxona zali 5 ta oʻzaro bogʻlangan ravoqli neflarga ajratilgan, erkin ochiladigan, oldi peshayvonli. Bunday tuzilish anʼanaviy masjid loyihasini esga soladi. Zallari toʻsin b-n yopilgan, tomi cherepitsali. Old qismi keng hovlili, turar joy xonalari ichki hovli atrofida joylashgan. Qurilish uchun marmar va 1000 ga yaqin ustunlar Afrika, Vizantiya, Italiyadan keltirilgan. Saroy devorlari taroshlangan toshdan oʻymakorlik bilan qoplangan. Oʻyma marmar oʻsimliksimon mavzularga, egiluvchan poyalarga ega. Devorlardagi oʻyma bezaklarda oʻsimliksimon naqshlar yetakchilik qilib, orasiga akant ham ishlangan. Ichki devor tepasi qizil va sariq tusdagi naqshlar bilan bezatilgan. Pollari kizil gʻisht va oq toshdan, rangbarang ustunlik qiluvchi geometrik parchinlar b-n qoplangan. Vizantiya imperatori yuborgan favvoralar: inson qiyofasidagi tilla halli jezdan, hayvon qiyofasidagi sof oltinli koʻk marmardan ishlangan. Majmua yechimida ispan-musulmon sanʼati yangi davrini yaratish oʻzlashtirilgan.