MADIY

MADIY, Madiyes — saklar shohi (mil. av. 7-a.). Midiya shohi Fraort ossuriyaliklar bilan boʻlgan jangda yengilgach, oʻgʻli Kiaksar qoʻshinni qayta tuzib, urushga tayyorgarlik koʻra boshlaydi. Gerodottng yozishicha, Kiaksar otasi uchun qasos olish maqsadida Nin sh. ga yurish qilib, ossuriyaliklarni yengadi, Nin sh. ni qamal qilgan paytida uning mamlakati hududiga skiflar (saklar) ning ulkan qoʻshini bostirib kiradi. Koʻpchilik olimlar ularni saklar deb hisoblaydi. Saklarnint podshosi Madiy boʻlib, u Partatuy (Protofiyey)ning oʻgʻli boʻlgan. Gʻarbiy Turkistondan massagetlar tomonidan siqib chiqarilgan (mil. av. taxm. 720), saklar kimmeriylarnk Yevropadan quvib chiqarib, Osiyoda taʼqibni davom ettirganlar va shu tariqa Midiya yerlariga bostirib kirganlar. Madiy midiyaliklarni jangda yengib, ularning qudratini sindirgan. Gerodotning xabar berishicha, skiflar butun Osiyo boʻylab oʻz hukmronliklarini tarqatganlar. Soʻngra M. Misrga yurish qilgan. Fala-stinda Misr podshosi Psammetix Madiyni sovgʻasalomlar bilan kutib olib, undan yurishni davom ettirmaslikni iltimos qilgan. Skiflar shu yerdan orqaga qaytishgan. Ular Osiyoda 28 yil hukmronlik qilganlar. Kiaksar Madiyni jangda yenga olmaganidan soʻng hiyla ishlatgan. Madiy bilan sulh tuzib, uning jangchilarini yarashish ziyofatiga taklif etadi. Ularni to mayet boʻlgunlarigacha ichirishgan. Sarxush boʻlib qolgan Madiy va uning askarlarini shu yerda tigʻdan oʻtkazadilar. Ayrim tadqiqotchilar (A. Abdurahmonov) fikricha, Madi turkiycha ismdir. Maad qad. turkiy tildagi alp, bahodir soʻzining sinonimi shaklidir. Tuva tilida bu soʻz hozirgacha saqlanib qolgan boʻlib, Maadir shaklida qoʻllaniladi. Yaʼni Maadbotir, bahodir, — ir esa er demakdir. Maadirning yana bir turkiycha koʻrinishi Alp Er hisoblanadi… Bu oʻrinda Madi, Maʼdi kabi nomlar hoz. turkiy, jumladan, oʻzbekcha ismlar orasida mavjuddir. Baʼzi olimlar (R. Girshman)ning fikricha, Madiy qabri Jan. Ozarbayjon (Eron)dagi qad. Ziviye tepaligida joylashgan.

Ad.: Gerodot, Istoriya v 9 knigax, L., 1972.

Faxriddin Hasanov.