MADAPOLAM

MADAPOLAM (Hindistondagi joy nomidan) — polotno oʻrilish va ip gazlama; oq surp. Oʻngi silliq, yaltiroq boʻladi, barmoqlar bilan paypaslab koʻrilganda dagʻalroq tuyuladi. Madapolam uchun xom surp (xom ashyo) sifatida mitkaldan foydalaniladi. Uni oqartirib, appretlab (pardoz eritmalari shimdirib) va yaltiratib (stearin, parafin va asalari mumi surkab) Madapolam hosil qilinadi. Madapolamdan ichki kiyim, choyshab, yostiq jildi va b. tikiladi.