MADANIYAT INSTITUTI

MADANIYAT INSTITUTI, Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institut i — madaniymaʼrifat ishi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1974-y. da tashkil qilingan. 1989-y. Abdulla Qodiriy nomi berilgan. Dastlab 2 f-ti (madaniy-maʼrifat ishi va kutubxonashunoslik) boʻlgan; hoz. kunda 6 ta f-t mavjud: kutubxona-axborot faoliyatini boshqaruv, ijtimoiy-madaniy faoliyat, xalq badiiy ijodiyoti, kasbiy-ped. taʼlim, sirtqi madaniyatshunoslik, madaniyat xodimlarining malakasini oshirish f-tlari; 18 ta kafedra, 3 ta kompyuter sinfi, ovoz yozish studiyasi, lingafon sinfi, Xalqaro internet tarmogʻiga ulangan kutubxona bor. Intda magistratura, aspirantura faoliyat koʻrsatadi. 2002—2003 oʻquv yilida 1273 ta talaba taʼlim oldi; 150 dan ortiq prof.-oʻqituvchilar, shulardan 10 tasi fan d-ri va prof., 45 dan ortiq fan nomzodi va dotsent ishladi.

In-t oʻzbek milliy madaniyati va sanʼatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. Turli davrlarda T. Badinov, S. Hayitboyev, R. Tursunov, Q. Mirzayev, D. Neʼmatov kabi pedagoglar dars bergan; hozirda prof. S. Mirvaliyev, A. Mavrulov, Madaniyat instituti Yoqubova va b., dotsent M. Rahimova, N. Qosimov, Sh. Shamsiyev, U. Karimov va b. samarali mehnat qilmoqda.

Oʻzbekiston xalq artistlari F. Zokirov, O. Otajonov, N. Abdullayeva, M. Toʻxtasinov, R. Sultonova va b., Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Gʻ. Boytoyev, F. Solihova va b. in-tda taʼlim olgan.

Hamroxon Mamatraimova.