MADANIYAT VA ISTIROHAT BOGʻLARI

MADANIYAT VA ISTIROHAT BOGʻLARI — aholi madaniy hordiq chiqaradigan, turli bezakli daraxt va gulzorlar bilan jihozlangan, koʻkalamzorlashtirilgan maskan. Madaniyat va istirohat bogʻlari va i. b. bogʻtuzish sanʼatining oʻziga xos uslublari asosida barpo etiladi. Oʻzbekistonda Madaniyat va istirohat bogʻlari va i. b. shahar hududining hajmi, meʼmoriy qiyofasi va tabiiy sharoitiga qarab tashkil qilinadi. Kichik shaharlarda bitta, katta shaharlarda bir necha, aholisi 500 mingdan ortiq shaharlarda esa umumshahar ahamiyatiga ega boʻlgan bogʻlardan tashqari, shahar hududidagi har bir tumanning Madaniyat va istirohat bogʻlari va i. b. boʻlishi mumkin. Unda aholiga madaniy xizmat koʻrsatish katta oʻrin tutadi. Maydonlardagi ochiq estrada sahnalarida professional teatr va eng yaxshi havaskorlik jamoalarining spektakl va konsertlari, dorboz, polvon va masxarabozlarning tomoshalari, askiya kechalari uyushtiriladi, kinofilmlar namoyish qilinadi. Ommaviy sayil, karnaval, turli sport musobaqalari va b. tashkil etiladi. Bolalar uchun maxsus joy ajratilib, qiziqarli attrak-sionlar bilan jihozlanadi va h. k. (q. Oʻzbekiston milliy bogʻi, Bobur bogʻi va b.). Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga kiruvchi Madaniyat va istirohat bogʻlari va i. b. respublika boʻyicha 82 ta (2003).

Poʻlat Zohidov.