MADANIY OʻSIMLIKLAR

MADANIY OʻSIMLIKLAR — inson tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat uchun xom ashyo olish, chorva mollari uchun ozuqa tayyorlash, turar joy hamda atrof muhitni koʻkalamlashtirish va b. maqsadlarda yetishtiriladigan oʻsimliklar, Madaniy oʻsimliklarning turlari, shakllari va navlari har xil boʻlib, ular yovvoyi ajdodlarini xonakilashtirish, mavjud Madaniy oʻsimliklar bilan duragaylash, keyinchalik esa seleksiya usuli orqali yaratilgan. Madaniy oʻsimliklarning koʻpchiligi — makkajoʻxori, bugʻdoy, polba, sholi, soya, shakarqamish, tok va b. oʻsimliklar qadimqadimdan yetishtirib kelinadi. Yovvoyi oʻsimliklarning taxm. 2,5 ming turi madaniylashtirilgan. Ularning koʻpchiligi q. x. ekinlari.