MAGNIT-ELEKTR ASBOB

MAGNIT-ELEKTR ASBOB, magnitoelektrik oʻlchash asbobi — oʻzgarmas elektr toki va kuchlanishini oʻlchash uchun moʻljallangan oʻlchash asbobi. Ishi doimiy magnitning magnit maydonlari bilan gʻaltakda oqayotgan elektr tokining oʻzaro taʼsirlashuviga asoslangan. Qoʻzgʻalmas magnit va temir oʻzak orasida aylanadigan gʻaltakli (ramkali) M.e. a. Keng tarqalgan. Bu asbobda gʻaltak (ramka) ni mil bilan birga aylantiradigan kuch tok kuchiga teng. Qoʻzgʻalmas magnitli va qoʻzgʻaluvchan magnitli M.e. a. lar ham bor. M.-e. a. lar tashqi magnit maydonlar va t-ra oʻzgarishlarini deyarli sezmaydi, shuning uchun aniq oʻlchaydi. Toʻgʻrilagichlar (oʻzgarmas tokni oʻzgaruvchan tokka aylantiruvchi asboblar) bilan birga M.-e. a. lar oʻzgaruvchan tok zanjirlarida ishlatiladi, oʻlchash oʻzgartirgichlari bilan birga esa t-ra, bosim va b. ni oʻlchash mumkin.