MAGNITOSTRIKSIYA

MAGNITOSTRIKSIYA (magnit va lot. strictio — qisilish, taranglashish) — kristall jismning magnitlanganda oʻlcham va shakllari oʻzgarishi; kristall panjaraning magnit maydonida energetik holatining, shuningdek, panjaradagi tugunlari orasidagi masofaning oʻzgarishiga olib keladi. Ferro-va ferrimagnetiklarda zarralarning magnitli oʻzaro taʼsiri juda yuqori boʻlgani uchun Magnitostriksiya eng katta qiymatga erishadi. Magnitostriksiya hodisasiga teskari hodisa Villari effekti hisoblanadi.