MAGNITOSTRIKSION MATERIALLAR

MAGNITOSTRIKSION MATERIALLAR — magnitlanganda oʻz shakli va oʻlchamlarini oʻzgartirish (magnitostriksiya) xususiyatiga ega boʻlgan materiallar. Nikel, ferritning baʼzi turlari, temirnikel, temir-kobalt va temir-alyuminiy qotishmalari Magnitostriksion materiallar hisoblanadi. Temirnikel qotishmalarning magnit oʻtkazuvchanligi yuqori boʻladi. Ulardan ixcham kuch transformatorlarining oʻzaklari, magnit kuchaytirgichlar, kontaktsiz rele va b. tayyorlanadi. Temir-kobalt qotishmalarning magnitostriksiya xususiyatlari juda yuqori boʻladi. Ulardan kuchli magnitostriksiya oʻzgartirgichlarnint oʻzaklari va b. tayyorlanadi. Temir-alyuminiy qotishmalarning magnitostriksiya xususiyati yuqori boʻlishi bilan birga solishtirma elektr qarshiligi katta va mustahkam boʻladi. Ulardan ham magnitostriksion oʻzgartirgichlarning oʻzagi tayyorlanadi.