MAGNITOSTATIKA

MAGNITOSTATIKA, magneto statika (magnit va…statika) — elektromagnit maydon nazariyasining bir boʻlimi. Magnitlangan jismlar va vaqt davomida oʻzgarmaydigan magnit maydonining xossalarini oʻrganadi. Magnitostatika dastlab doimiy magnitlarning oʻzaro taʼsiri haqidagi taʼlimot sifatida maydonga kelgan.