MAGNITORADIOLA

MAGNITORADIOLA — magnitofon, radiopriyomnik va grammafon plastinkasi qoʻyiladigan elektr proigrivatelni bir quti (korpus) ga birlashtirib ishlab chiqariladigan radiotexnika apparati; tovushni qayta eshittiruvchi apparat va tovushni yozib oluvchi apparatning bir turi. Asosiy umumiy qismlari — past chastotali chiqish kuchaytirgichi, elektr bilan taʼminlash bloki va tovush karnaylari. Hoz. paytda kompaktdisklar i. ch. rivojlanganligi tufayli Magnitoradiola ishlab chiqarish ancha cheklangan.