MAGNITOLA

MAGNITOLA — magnitofon va radio-priyomnikli bir quti (korpus) ga birlashtirib ishlab chikariladigan radiotexnika apparati; tovushni qayta eshittiruvchi apparat va tovushni yozib oluvchi apparatning bir turi. Magnitolaning umumiy qismlari — past chastotali chiqish kuchaytirgichi, elektr bilan taʼminlash bloki va tovush karnaylari. Magnitoladan mustaqil magnitofon va radiopriyomnik sifatida foydalanish mumkin.