MAGNITMAS MATERIALLAR

MAGNITMAS MATERIALLAR, nomagnit materiallar — magnit xossalari past (magnit kirituvchanligi s<1,5) boʻlgan diamagnit va paramagnit materiallar. Bronza, latun (jez) va b. rangdor qotishmalar, magnitlanmaydigan poʻlat va choʻyan, baʼzi polimerlar M. m. hisoblanadi. Austenit tuzilishli poʻlat va austenit bilan grafit tuzilishli choʻyan amalda koʻp ishlatiladi. Austenit tuzilish hosil qilish uchun ular Ni (nikel) va Mp (marganes) bilan legirlanadi (k,. Legirlash). M. m. dan prujinalar, kompas qutilari, suv osti kemasi asboblari, periskop detallari, termobimetallar, tok tarqatish shchitlari va b. magnitlanmaydigan narsalar tayyorlanadi.