MAGNITLOVCHI KUCH

MAGNITLOVCHI KUCH — elektr tokining magnit taʼsirini ifodalovchi kattalik. U elektr zanjirlarida qoʻllaniladigan e. yu. k. ga oʻxshash boʻlgani uchun, baʼzan, magnit yurituvchi kuch deb ham yuritiladi. Xalqaro birliklar tizimi SI da Magnitlovchi kuch birligi — amper, SGS tizimida — gilbert.